Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

Astag‘firulloh! O‘z onasini zo‘rlab, keyin o‘ldirgan manqurtga 14 yillik qamoq jazosi tayinlandi

Astag‘firulloh! O‘z onasini zo‘rlab, keyin o‘ldirgan manqurtga 14 yillik qamoq jazosi tayinlandi

Kiyev viloyatining apellyasiya sudi 16 yoshida onasini zo‘rlagan va o‘ldirgan Borispolni 14 yilga ozodlikdan mahrum etdi. Bu haqda sud matbuot xizmati xabar qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, birinchi instansiya sudi tajovuzkorni 11 yilga ozodlikdan mahrum etgan. Oqlovchi tomon esa sudga apellyasiya bergan va ayblanuvchini oqlashni so‘rab chiqqan. Xususan, advokat sudda taqdim etilgan dalillarning bir qismi jinoyat-prosessual kodeksini buzgan holda qo‘lga kiritilganini ta’kidlagan.

Bundan tashqari, advokat ayblanuvchi jinoyat sodir etilgan paytda voyaga yetmaganligi sabab sud uni 11 yilga ozodlikdan mahrum etish muddatini belgilashga haqli emasligini ham ta’kidladi.

Avvalroq, tergov natijalariga ko‘ra, 2015 yil avgust oyida sodir etilgan hodisada 16 yoshli sudlanuvchi spirtli ichimlik va giyohvand modda ta’sirida o‘z onasiga hujum qilib, uni zo‘rlaganani va uni bo‘g‘ib o‘ldirganini aniqlangandi.

 

Kiritildi: 09:37 15.10.2018. O'qildi: 4796 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!