Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Assanjning otasi o‘g‘lining Avstraliyaga ekstradisiya qilinishini iltimos qildi

Assanjning otasi o‘g‘lining Avstraliyaga ekstradisiya qilinishini iltimos qildi

Londonda hibsga olingan WikiLeaks asoschisi Julian Assanjning otasi Jon Shipton Avstraliya hukumatiga o‘g‘lining o‘z vataniga ekstradisiya qilinishiga erishish chaqirig‘i bilan murojaat qildi. U bu haqda Avstraliyaning Herald Sun nashriga ma’lum qilgan. Shiptonning fikricha, bu barcha uchun maqbul variant bo‘lardi. Otaning ta’kidlashicha, u o‘g‘lining Ekvador elchixonasida 7 yil yashaganidan keyingi holatidan karaxt holga tushgan. Men uni polisiyachilar zinalardan tortqilab olib tushayotganlarini ko‘rdim va uning ko‘rinishi yaxshi emas edi. Men 74 yoshdaman va garchi u 47 yoshda bo‘lsa ham undan yaxshiroq ko‘rinishdaman , deb aytgan ota.

Avvalroq Avstraliya bosh vaziri Skott Morrison Kanberra Assanj atrofidagi vaziyat bilan bog‘liq holda alohida choralar ko‘rish istagidamasligini aytgan.

Avstraliyalik Julian Assanj u asos solgan WikiLeaks sayti 2010 yilda AQSh davlat departamenti hamda AQShning Iroq va Afg‘onistondagi harbiy harakatlariga taalluqli maxfiy hujjatlarni e’lon qilgandan keyin keng tanilgan.

Shu sababli Assanj AQShga ekstradisiya qilinishi mumkin. Unga AQShda 5 yillik qamoq jazosi xavf solmoqda.

Manba: kun. uz

Kiritildi: 08:00 15.04.2019. O'qildi: 1409 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!