Bugun 28 yanvar, 2026 yil, chorshanba

КИР

Asosiy stavka 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirildi

Asosiy stavka 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirildi

O‘zbekiston Markaziy banki boshqaruvi 28 yanvar kungi yig‘ilishida asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida saqlab qolishga qaror qildi.

Regulyatorning izohlashicha, 2025 yilda iqtisodiy faollik kutilganidan yuqori darajada shakllandi va bu jarayonda barqaror yalpi talab omillari ustuvor bo‘ldi. Inflyasiya pasayish dinamikasida davom etib, tovarlar narxlari o‘sishi sekinlashishi keng qamrovli xususiyat kasb etmoqda.

Shu bilan birga, talab omillari ta’sirida xizmatlar inflyasiyasining nisbatan yuqori saqlanib qolishi, shuningdek, ayrim oziq-ovqat tovarlari narxlari o‘sishi umumiy inflyasiyaning barqaror pasayishiga muayyan xatarlar tug‘dirmoqda. Ushbu sharoitda pul-kredit siyosatining joriy qat’iy darajada saqlab qolinishi inflyasiyaning barqaror pasayish trayektoriyasida shakllanishini ta’minlaydi.

Kelgusi choraklarda ham inflyasiya va inflyasion kutilmalar barqaror pasayishda davom etgan taqdirda, tartibga solinadigan narxlar o‘zgarishidan kelib chiqib, pul-kredit sharoitlari qat’iyligini saqlab qolgan holda asosiy stavkani pasayish tomonga ko‘rib chiqish imkoniyatlari yuzaga keladi, deyiladi rasmiy relizda.

Kiritildi: Bugun 14:45. O'qildi: 269 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!