Majburiy ijro byurosi Asaka tuman bo‘limi ish yurituviga fuqarolik ishlari bo‘yicha Asaka tumanlararo sudining ijro hujjatiga asosan qarzdorlar M.M. va D.U.dan solidar tartibda undiruvchi CHEKI “Invest finance bank” ATB Andijon viloyat filiali foydasiga 396,6 mln. so‘m miqdoridagi kreditdan bo‘lgan qarzdorlikni undirish haqidagi ijro hujjati kelib tushgan.
Sud hujjatiga asosan Byuroning Asaka tuman bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasining “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonuniga asosan ijro harakatlari olib borilgan.
Ijro harakatlari natijasida qarzdorlar tomonidan o‘z majburiyatlari bajarilmaganligi sababli qarzdor M.M.ga tegishli Asaka tumanining Baraka mahallasida joylashgan xonadon ro‘yxatga olinib, xatlandi hamda muhrlab qo‘yildi.
Hozirda xonadonni “e-auksion” yagona elektron savdo maydonchasi orqali savdoga chiqarish choralari ko‘rilmoqda.