Bugun 2 may, 2024 yil, payshanba

КИР

«Asaka bank» Yunusobod filialida "maydalangan" 29 ming yevro qalbaki ekan!

«Asaka bank» Yunusobod filialida "maydalangan" 29 ming yevro qalbaki ekan!

O‘zbekistonlik fuqaro bankda 29 ming yevro qalbaki pulni ayirboshlagani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Bosh prokuratura xabar bermoqda.

Departamentning Mirobod tuman bo‘limi hamda tuman IIB xodimlari hamkorlikda, bank tomonidan berilgan xabarga asosan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshirishda, fuqaro A.Z. tomonidan ATB Asaka bank Yunusobod filialiga milliy valyutaga ayriboshlash uchun taqdim etilgan 58 dona 500 yevro kupyuralik, jami 29 ming yevro pul mablag‘lari qalbaki ekanligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan A.Z.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 176-moddasi 3-qismi a bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 16:44 19.04.2019. O'qildi: 2907 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!