Bugun 13 sentyabr, 2024 yil, juma

КИР

Asad Rossiyaga qochib ketdimi?

Asad Rossiyaga qochib ketdimi?

Suriya prezidenti Bashar al-Assadning g‘oyib bo‘lganiga oydinlik kirituvchi tafsilotlar paydo bo‘ldi.

Bir necha kun davomida Asadning qayerda ekanligi sirligicha qoldi. Suriya rahbari oxirgi marta 24 iyul kuni Moskvada Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashganida omma oldiga chiqqan edi.

Ma’lum qilinishicha, olti kun avval Damashqda parlamentda bo‘lib o‘tgan qasamyod marosimida ishtirok eta olmagan Bashar al-Assad o‘z mamlakatida davlat to‘ntarishi yoki Eron tomonidan suiqasd uyushtirilishidan qo‘rqib, hozirda Sankt-Peterburgda shaxsiy qarorgohida.

Tehron va Damashq o‘rtasidagi taranglik

Tehrondagi manbalarga ko‘ra, Eron rahbariyati Asadning yaqin atrofidagi ba’zi odamlar IRQ qo‘mondoni Qosim Sulaymoniy, shuningdek, Suriyada o‘ldirilgan Eronning yuqori martabali harbiy ofiserlari va diplomatlarini yo‘q qilishda ishtirok etganiga amin. Tehronning shubhalariga javoban Asad Suriyadagi Hizbulloh va Eron tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan boshqa shia guruhlari faoliyatiga bir qator cheklovlar kiritdi, bu esa Tehron-Damashq munosabatlaridagi keskinlikni yanada oshirdi.

Tanglikning eng yuqori cho‘qqisida Asadning eng yaqin ittifoqchilaridan biri bo‘lgan professor doktor Qutayba Qosim al-Arab milliy kuchlar nomidan Eronning barcha harbiylarini Suriyadan olib chiqib ketishni talab qildi.

Kiritildi: 07:24 26.08.2024. O'qildi: 4151 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!