Suriyada Bashar Asad hokimiyati qulagandan so‘ng, 115 ming qochqin mamlakatga qaytdi.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Qochqinlar bo‘yicha Oliy komissarligi boshqarmasi Asad rejimi ag‘darilganidan so‘ng qo‘shni davlatlarda bo‘lgan 115 mingdan ortiq suriyalik o‘z vatanlariga qaytganini ma’lum qildi.
BMT komissarligi bayonotida, 2024 yil 8 dekabrdan buyon Turkiya, Iordaniya va Livan kabi davlatlardan Suriyaga 100 mingdan ortiq odam qaytganligi qayd etildi.
Qaytgan suriyaliklar soni mezbon davlatlar tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar, Suriyadagi migrasiya idoralari ma’lumotlari va BMTning Qochqinlar bo‘yicha Oliy komissarligi va uning hamkorlari tomonidan chegaralarda o‘tkazilgan kuzatuvlarga asoslanadi.
Eslatib o‘tamiz, 2024 yil 8 dekabrda Suriyada mamlakatni 24 yil boshqargan Bashar Asad hokimiyati ag‘darildi. Hokimiyat muvaqqat hukumat qo‘liga o‘tdi. Mamlakatda 2011 yildan beri davom etgan urushda kamida 5 million suriyalik xorijga ketgani aytiladi.