Bugun 7 yanvar, 2025 yil, seshanba

КИР

Asad rejimi ag‘darilganidan keyin 115 mingdan ortiq suriyalik o‘z vatanlariga qaytdi

Asad rejimi ag‘darilganidan keyin 115 mingdan ortiq suriyalik o‘z vatanlariga qaytdi

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Qochqinlar bo‘yicha Oliy komissarligi boshqarmasi Bashar Asad rejimi ag‘darilganidan so‘ng qo‘shni davlatlarda bo‘lgan 115 mingdan ortiq suriyalik o‘z vatanlariga qaytganini ma’lum qildi.

BMT Qochqinlar Komissarligining suriyalik qochqinlarning qaytishi haqidagi bayonotida, 2024 yil 8 dekabrdan buyon Turkiya, Iordaniya va Livan kabi davlatlardan Suriyaga 115 mingdan ortiq odam qaytganligi qayd etildi.

Qaytgan suriyaliklar soni mezbon davlatlar tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar, Suriyadagi migrasiya idoralari ma’lumotlari va BMTning Qochqinlar bo‘yicha Oliy komissarligi va uning hamkorlari tomonidan chegaralarda o‘tkazilgan kuzatuvlarga asoslanadi.

Kiritildi: 11:13 03.01.2025. O'qildi: 959 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!