"Arsenal" va "Chelsi" o‘z nishoniga yeta olmasligi mumkin. Xabarlarga ko‘ra, "Brentford" hujumchisi Ayvan Tauni qo‘shni klublarga o‘tish fikridan qaytadi. "Arilar" rahbariyati Taunini jamoada qolishiga ishonmoqda.
27 yoshli futbolchi ayni damda o‘ziga qo‘yilgan taqiqni o‘tamoqda. Uning amaldagi bitimi 2025 yilda yakuniga yetadi. U 50 ming funt jarimaga ham tortilgan.