Bugun 26 noyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

Armiya-2023: Xitoy qanday qurollar taqdim etdi

A A A
Armiya-2023: Xitoy qanday qurollar taqdim etdi

Xitoy "Armiya-2023" xalqaro forumida uchuvchisiz uchish apparatlari, boshqariladigan raketalar hamda zenit-raketa va qurol tizimlarini taqdim etdi.

Xitoy stendida, xususan, SH-4 ko‘p maqsadli harbiy uchuvchisiz uchish apparati, HQ-22E zenit-raketa majmuasi, FK-2000 havo mudofaa raketa tizimi, boshqariladigan raketalar va desant kemalari taqdim etilgan. Lekin Xitoy harbiylarining alohida g‘ururi bu - tibbiy yordam kemasi bo‘ldi. Uning bortida murakkab tibbiy operasiyalarni o‘tkazish mumkin.

Xitoy stendida uchuvchisiz uchish apparatlari, boshqariladigan raketalar va zenit-raketa va qurol tizimlari, havo hujumidan mudofaa tizimi, askarlar uchun kiyim-kechak va himoya vositalari namoyish etildi..

"Armiya-2023" xalqaro harbiy-texnik forumi 14-20 avgust kunlari "Patriot" ko‘rgazma va anjumanlar markazida, Alabino poligonida va Kubinka aerodromida bo‘lib o‘tmoqda.

Ekspozisiya va biznes dasturida Rossiyaning 1,5 mingga yaqin yetakchi mudofaa sanoati korxonalari ishtirok etadi. Forumda yetti davlatdan 85 xorijiy kompaniya va tashkilot ishtirok etmoqda.

Kiritildi: 10:09 16.08.2023. O'qildi: 2692 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik