Bugun 14 may, 2024 yil, seshanba

КИР

Armanistonda favqulodda holat muddati uzaytirildi 

Armanistonda favqulodda holat muddati uzaytirildi 

Armaniston hukumatining qarori bilan mart oyida koronavirus tufayli joriy qilingan favqulodda holat yana bir oyga uzaytirildi.

13 iyul, dushanba kuni Armaniston hukumatining favqulodda yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi, yig‘ilishda favqulodda holat rejimini yana bir oyga – 12 avgustgacha uzaytirish haqida qaror qabul qilindi. Favqulodda holat rejimini uzaytirish to‘g‘risidagi qarordan maqsad mamlakatda koronavirus infeksiyasining tarqalishiga qarshi samarali mexanizmlarni taqdim etishdir..Chunki mamlakatda virus tarqalishi keng ko‘lamda davom etmoqda. 

Armaniston Sog‘liqni saqlash vazirligining Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish milliy markazi ma’lumotlariga ko‘ra, 13 iyul kuni Armanistonda 32 151 koronavirus infeksiyasi qayd etilgan, shundan 19 865 nafar bemor davolanib chiqqan, 11 530 bemor davolanmoqda, 573 kishi vafot etgan. 

Armanistonda 16 mart kuni koronavirus infeksiyasi tufayli bir oylik favqulodda holat e’lon qilindi, 13 aprelda Armaniston hukumati favqulodda holat rejimini 14 maygacha, keyin ikki marta bir oy muddat bilan - 13 iyun va 13 iyulgacha uzaytirdi.

Kiritildi: 08:05 14.07.2020. O'qildi: 2132 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!