Bugun 30 may, 2025 yil, juma

КИР

Armaniston va Ozarbayjon vakillari 26 sentyabr kuni Bryusselda uchrashadi

A A A
Armaniston va Ozarbayjon vakillari 26 sentyabr kuni Bryusselda uchrashadi

Armaniston Xavfsizlik kengashi kotibi Armen Grigoryan va Ozarbayjon prezidenti yordamchisi Hikmet Hajiyev 26 sentyabr kuni Bryusselda ikki davlat rahbarlari o‘rtasidagi muzokaralarga tayyorgarlik ko‘rish uchun uchrashadi.

Bu haqda Xavfsizlik kengashi matbuot xizmati bayonotida aytiladi.

Xabar qilinishicha, bundan tashqari Grigoryan Bryusselda Fransiya prezidenti Emmanuel Makron maslahatchilari, Germaniya kansleri Olaf Shols, Yevropa kengashi raisi Sharl Mishel bilan uchrashadi.

TASS xabariga ko‘ra, tomonlar 5 oktyabr kuni Ispaniyaning Granada shahrida bo‘lib o‘tadigan yetakchilar uchrashuviga tayyorgarlik ko‘radi.

Kiritildi: 21:06 24.09.2023. O'qildi: 1245 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!