Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

Armaniston TIV: Rossiya bilan munosabatlar yuqori darajada emas

Armaniston TIV: Rossiya bilan munosabatlar yuqori darajada emas

Armaniston va Rossiya munosabatlari eng yuqori darajada emas.

Bu haqda Armaniston tashqi ishlar vaziri Ararat Mirzoyan «Arab News» telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.

"Armaniston va Rossiya o‘rtasidagi munosabatlar, men aytgan bo‘lardim, eng yuqori darajada emas. Albatta, qiyinchiliklar bor va biz ularni yashira olmaymiz va yashirishni ham xohlamaymiz”, dedi Mirzoyan.

Armaniston TIV rahbari, shuningdek, Yerevan ayni damda Armanistonning iqtisodiy barqarorligini mustahkamlashdan manfaatdor bo‘lgan Yevropa Ittifoqi va AQSh bilan hamkorlikni faol ravishda chuqurlashtirayotgani, mamlakat fuqarolarining Yevropaga ishtiyoqi borligini ta’kidladi.

Kiritildi: 17:11 20.04.2024. O'qildi: 959 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!