Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Armaniston Ozarbayjonni sudga berdi

Armaniston Ozarbayjonni sudga berdi

Armaniston Ozarbayjon ustidan BMT Xalqaro sudiga da’vo arizasi bilan murojaat qilib, Bokuni armanlarga nisbatan irqiy kamsitishda aybladi. Bu haqda sudning press-reliziga tayanib, Interfaks xabar berdi.

Arman tomoni fikricha, Ozarbayjon 1965 yilda BMT Bosh assambleyasi tomonidan qabul qilingan irqiy kamsitishning barcha turlariga barham berish to‘g‘risidagi xalqaro konvensiyani buzgan. "Ozarbayjon o‘n yillar davomida armanlarni irqiy kamsitishga duchor qilgani" va "davlatning nafrat siyosati natijasida armanlar muntazam ravishda kamsitish, qirg‘in, qiynoq va boshqa turdagi zo‘ravonlikka duchor bo‘lganligi" qayd etilgan.

Armaniston tomoni, shuningdek, 2020 yil sentyabr oyida Ozarbayjon mamlakatlar o‘rtasidagi qurolli mojaro paytida yana konvensiyani buzganini da’vo qilmoqda.

"Harbiy harakatlar tugaganidan keyin ham, 2020 yil 10 noyabrda kuchga kirgan sulhdan so‘ng, Ozarbayjon arman harbiy asirlarini o‘ldirish, qiynoqqa solish va boshqa haqoratlarda ishtirok etishda davom etmoqda", deyiladi da’voda.

"Armaniston suddan Ozarbayjonni konvensiyani buzganliklari uchun kelgusidagi zararni oldini olish va yetkazilgan zararni qoplash maqsadida javobgarlikka tortishni so‘raydi", - deyiladi xabarda.

Da’voda ta’kidlanishicha, etnik yoki milliy kelib chiqishi arman bo‘lgan shaxslar, fuqaroligi qanday bo‘lishidan qat’i nazar, Ozarbayjon tomonidan kamsitishlarga uchragan.

Kiritildi: 11:21 17.09.2021. O'qildi: 1744 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!