Bugun 4 may, 2024 yil, shanba

КИР

Armaniston chempionati to‘xtatildi. Mamlakat harbiy holatda

Armaniston chempionati to‘xtatildi. Mamlakat harbiy holatda

Avgust oyida start olgan Armaniston milliy chempionati o‘yinlari to‘xtatib qo‘yildi, deya xabar bermoqda mamlakat futbol federasiyasi rasmiy sayti.

27 sentyabr kuni Ozarboyjon va Armaniston o‘rtasida jangovar harakatlar boshlanib ketganligi tufayli Armaniston futbol federasiyasi barcha klublarga mamlakat ichki chempionat o‘yinlari to‘liq to‘xtatib turilishi haqida xabarnoma jo‘natgan. Bunga mamlakatda harbiy holat e’lon qilingani sabab sifatida ko‘rsatilgan.

Ma’lumotot uchun, 4-turdan keyin «Van Charensavan» klubi 9 ochko bilan Armaniston chempionatida peshqadamlik qilmoqda.

Kiritildi: 19:41 27.09.2020. O'qildi: 3789 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!