"Arkanzas shtatining Krouford okrugida uch nafar polisiyachi bir erkakni ushlab turgani va urayotgani videosi ijtimoiy tarmoqda tarqalgandan keyin, ular o‘z vazifasidan chetlashtirildi. Shtat gubernatorining ma’lum qilishicha, hozir voqea bo‘yicha tergov olib bormoqda", – deyiladi xabarda. Videoyozuvda uch polisiyachi erkakni yerga bosib olib, unga mushtlari va tizzalari bilan zarba berayotgani, boshini asfaltga urayotgani tasvirlangan.
Xabarda ta’kidlanishicha, voqea Malberi shahridagi unchalik katta bo‘lmagan savdo do‘koni qarshisida ro‘y bergan.