Chubut provinsiyasidagi odatda tabiiy hodisa sifatida baholanadigan o‘rmon yong‘inlari nazoratdan chiqib, Route 40 yo‘lini bosib oldi.
Yong‘in tufayli And tog‘lari atrofidagi hududlardan 3 mingga yaqin turist evakuasiya qilingan. Bu esa mashhur dam olish maskanlarini yopishga va keng ko‘lamli favqulodda choralar ko‘rishga majbur qilmoqda.
Dekabr oyi o‘rtalaridan beri Patagoniya hududida 4000 gektardan ortiq yovvoyi o‘rmon va uylar zarar ko‘rdi, deb yozadi sayt Grinpisning Argentinadagi bo‘limiga tayanib.
Chubut provinsiyasi gubernatori Ignasio Torres evakuasiya sayyohlarga ham, mahalliy aholiga ham tegishli ekanini aytib, vaziyatni "ulkan qadamlar bilan olg‘a siljish" deb atadi.
Mahalliy prokurorlarning ma’lum qilishicha, yong‘in sodir bo‘lgan joylardan o‘t oldirish suyuqligi yoki benzin kabi tezlatkichlar topilgan, bu esa o‘t qo‘yishda gumonlarni tasdiqlaydi.
Xalqaro nashrlar tomonidan e’lon qilingan videoda o‘t o‘chiruvchilar, polisiyachilar, vertolyotlar va suv bombalari o‘rnatilgan samolyotlar olovni to‘xtatishga urinayotganda o‘rmon yonbag‘irlaridan katta tutun ustunlari ko‘tarilganini ko‘rish mumkin.