Argentinada qashshoqlik darajasi hukumatning tejamkorlik dasturi fonida 52,9 foizga oshgan. Bu so‘nggi 20 yildagi eng yomon ko‘rsatkich bo‘lib, 2023 yilning ikkinchi yarmidagi 41,7 foizdan 11,2 foiz punktga yuqori.
Bu raqamlar joriy yilda 3,4 million argentinalik qashshoqlik chegarasidan pastga tushganini bildiradi.
O‘tgan yili o‘z lavozimini egallagan prezident Xaver Mayli muvaffaqiyatsiz iqtisodiy siyosatlar tufayli mashhurligining pasayishiga duch kelmoqda.
Torkuato di Tella universiteti ma’lumotlariga ko‘ra, hukumatga ishonch indeksi sentyabr oyida 14,7 foizga pasaydi, bu joriy yilning eng sezilarli pasayishi bo‘ldi.
Poliarquía ma’lumotlariga ko‘ra, Mayliga ijobiy munosabatda bo‘lgan argentinaliklarning ulushi avgustdan sentyabrgacha 7 foiz punktga tushib, 40 foizga tushgan.
Eslatib o‘tamiz, radikal Mayli hukumatining tashqi siyosati ham ko‘plab tanqidlarga sabab bo‘lmoqda. Amerika Qo‘shma Shtatlari va Isroilga yaqinlashish uchun Argentina allaqachon ispan tilida so‘zlashuvchi dunyo va Janubiy Amerikaning ko‘plab mamlakatlarini o‘ziga qarshi qo‘yishga muvaffaq bo‘ldi.
Argentinaning amaldagi prezidenti Isroilning ashaddiy tarafdori va Al-Quds (Quddus)dagi maydonda isroillik ko‘chmanchilar bilan raqsga tushgani tasvirlari internetda paydo bo‘lgach, ijtimoiy tarmoqlarda qoralandi.