Bugun 26 sentyabr, 2026 yil, shanba

КИР

Argentinada kit bolalari ommaviy ravishda nobud bo‘lmoqda

Argentinada kit bolalari ommaviy ravishda nobud bo‘lmoqda

Argentinaning janubiy sohillarida so‘nggi haftalarda yuzlab nobud bo‘lgan janubiy silliq kit bolalari sohilga chiqib qoldi. Ayniqsa, Chubut provinsiyasida o‘lim holatlari ko‘p qayd etilgan. Bu yerda dastlabki holatlar iyun oyida aniqlangan.

Olimlar kitlarning nobud bo‘lishiga jiddiy bakterial infeksiya — terida og‘riq va yuqori haroratni keltirib chiqaradigan roja sabab bo‘lishi mumkinligini taxmin qilmoqda.

Dengiz biologi Mariano Kosarsellaning aytishicha, ehtimol, kitlarning o‘limi tabiiy sabab bilan bog‘liq. Biroq inson faoliyatining ta’sirini hozircha butunlay istisno qilib bo‘lmaydi.

Puerto-Madrin shahri va unga yaqin Valdes yarimoroli janubiy silliq kitlar ko‘payishi uchun muhim hudud hisoblanadi. O‘tgan yili bu yerda rekord darajada — 2110 ta kit, jumladan 800 ta kit bolasi sanalgan. Joriy yilda esa 1375 ta kit qayd etilgan bo‘lib, ularning qariyb 400 tasi bolalardan iborat.

Shunga qaramay, tadqiqotchilar hozirgi o‘lim holatlarini butun kitlar populyasiyasi uchun xavf deb hisoblamayapti. Janubiy silliq kitlar o‘rtacha 60 yildan ortiq umr ko‘radi.

Kiritildi: 20:35 25.09.2026. O'qildi: 303 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!