Bugun 6 oktyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

"Aral" - "Paxtakor" uchrashuvi Toshkentda o‘tkaziladi

"Aral" - "Paxtakor" uchrashuvi Toshkentda o‘tkaziladi

"Paxtakor" O‘zbekiston Kubogi nimchorak finalida 6 iyul kuni Toshkentga "Aral"ga qarshi o‘ynaydi.

Mazkur bellashuv jamoalarning tabiiy chimli va yaxshiroq sharoitli stadionda to‘p tepishi, futbolchilarni ehtimoliy jarohatlardan asrash maqsadida jamoalar kelishuviga ko‘ra, Toshkentda "Paxtakor" stadionida bo‘lib o‘tadi.

Kubokda jamoamiz jami uch bahsda Qoraqalpog‘iston vakiliga qarshi o‘ynagan. 1997 yil Nukusda 1:1, Toshkentda 7:3 natijalari qayd etilib, "Sherlar" musobaqani davom ettirgan. O‘sha yili "Paxtakor" kubok sohibiga aylangan. O‘tgan yili guruhdagi uchrashuvda "Aral" 2:0 hisobida g‘alaba qozongan.

"Aral" va "Paxtakor" jamoalari o‘rtasidagi bellashuv 6 iyul, shanba kuni "Paxtakor" stadionida soat 20:30da boshlanadi.

Kiritildi: 11:40 05.07.2024. O'qildi: 560 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!