Qozog‘istonning Aqto‘be viloyatida 52 nafar o‘zbekistonlik yonib ketgan avtobus haydovchilariga 9 noyabr kuni hukm o‘qildi.
Sud qaroriga muvofiq,sudlanuvchilar halok bo‘lgan 52 o‘zbekistonlik uchun ularning oila a’zolariga 2 million tenge miqdorida (5300 dollar atrofida) tovon puli to‘lashadi, deya xabar berdi “Interfaks” agentligi.
2018 yilning 18 yanvar kuni Qozog‘istonning Aqto‘be viloyati hududida, Samara-Chimkent trassasi 1068-kilometrida haydovchilar bilan birga jami 57 kishi bo‘lgan avtobus yonib ketgandi.
Avtobusning yonib ketishiga texnik nosozlik va xavfsizlik texnikasiga rioya qilmaslik sabab bo‘lgani aytilgandi.