Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

AQShning yana bir shtatida o‘lim jazosi bekor qilindi

AQShning yana bir shtatida o‘lim jazosi bekor qilindi

AQShning Vashington shtati oliy sudi o‘lim jazosini umrbod qamoq jazosiga o‘zgartirish haqidagi qarorni qabul qildi. Bu haqda The Seattle Times nashri yozmoqda.

Endilikda oliy jazo qo‘llanmaydi. Ijro etilmagan o‘lim jazolari umrbod qamoq jazosi bilan almashtiriladi. Ushbu qaror avvalroq o‘lim jazosiga mahkum qilingan 8 mahbusga tatbiq etiladi.

Vashington o‘lim jazosidan voz kechgan 19-shtat bo‘ldi. Shu bilan birga AQShning katta qismida o‘lim jazosi hamon qo‘llanadi. Oliy jazoni birinchi bo‘lib 1846 yilda Michigan shtati bekor qilgan. Bundan tashqari, Alyaska (o‘lim jazosi 1957 yilda bekor qilingan), Konnektikut (2012), Gavayi (1957), Illinoys (2011), Ayova (1965), Men (1887), Merilend (2013), Massachusets (1984), Minnesota (1911), Nebraska (2015), Nyu-Jersi (2007), Nyu-Meksiko (2009), Nyu-York (2007), Shimoliy Dakota (1973), Rod-Aylend (1984), Vermont (1964), G‘arbiy Virginiya (1965), Viskonsin (1853) shtatlari hamda Kolumbiya federal okrugida o‘lim jazosi qo‘llanmaydi.

Manba: kun.uz

Kiritildi: 08:46 12.10.2018. O'qildi: 1207 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!