Bugun 1 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

AQShning Shimoliy Koreyaga chaqirig‘i

AQShning Shimoliy Koreyaga chaqirig‘i

AQShning KXDR bo‘yicha maxsus vakili Sung Kim yakshanba kuni Pxenyanni raketa sinovlarini to‘xtatishga chaqirdi, deb xabar beradi Associated Press.

«Biz KXDRni vaziyatni beqarorlashtiradigan provokasiyalar va boshqa harakatlarni to‘xtatishga chaqiramiz. Buning o‘rniga biz muloqotni boshlashimiz kerak», degan u Seulda rasmiylar bilan muzokaralardan so‘ng.

Diplomat, AQSh KXDR bilan hech qanday shartlarsiz bunday muloqotga tayyorligini eslatib o‘tgan.

KXDRning so‘nggi oylarda ballistik raketa sinovlarini kuchaytirgani ko‘plab mamlakatlarda xavotir uyg‘otdi.

Xususan, 20 oktyabr kuni Shimoliy Koreya suv osti kemasidan yangi turdagi ballistik raketa uchirganini tasdiqlagan edi.

Kiritildi: 23:15 24.10.2021. O'qildi: 4016 marta. Fikrlar soni: 3 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!