Nyu-Yorkda kuchli momaqaldiroq bo‘lib, shamolning tezligi 30 m/s gacha yetdi. Dunyodagi yettinchi eng baland osmono‘par bino Jahon savdo markazini yashin urdi.
Nyu-Jersi shtatining Xauelle shahridan tunda quyun o‘tdi, u uylardan birining kuzatuv kameralariga tushib qoldi. Shaharda vayronalar bor.
Avvalroq AQShning janubi-g‘arbiy shtatlarida quyun kuzatilgandi. Kamida 22 kishi halok bo‘lgani ma’lum.