Bugun 8 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

AQShning oraliq saylovlari nihoyasiga yetdi, kim qancha ovoz to‘pladi?

AQShning oraliq saylovlari nihoyasiga yetdi, kim qancha ovoz to‘pladi?

6 noyabr kuni Qo‘shma Shtatlarda o‘tkazilgan oraliq saylovlar Donald Tramp ma’muriyatining kelgusi faoliyati uchun juda muhim hisoblanadi. 

Bu saylov natijasida 100 senatordan 35 nafari, vakillar palatasining barcha 435 a’zosi, 39 ta shtat va hududlar gubernatorlari, shtatlar qonunchilik yig‘inlarining 6073 a’zosi, sudyalar va maktab okruglari kengashlari a’zolari qayta saylangan. 

Vakillar palatasida Respublikachilar partiyasi kam ovoz to‘plagan bo‘lsada, Ammo Senatda ular Demokratlar partiyasini ancha orqada qoldirishdi. 

Vakillik palatasida Demokratlardan 217 kishi Respublikachilardan esa 197 kishi saylangan. Senat uchun Demokratlardan 44 kishi Respublikachilardan esa 51 kishi saylangan. 

Shunday qilib Vakillar palatasi Demokratlar boshqaruvida bo‘lsa, Senat Respublikachilar tomonidan boshqariladi. 

Manba: uza.uz

Kiritildi: 14:14 07.11.2018. O'qildi: 1211 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!