Bugun 3 iyun, 2025 yil, seshanba

КИР

AQShning Iroqdagi elchixonasiga raketalar uchirildi

A A A
AQShning Iroqdagi elchixonasiga raketalar uchirildi

8 dekabr, juma kuni ertalab Iroq poytaxti Bag‘doddagi AQSh elchixonasiga kamida uchta raketa uchirildi. «Mahalliy vaqt bilan taxminan soat 4:20 da Amerika elchixonasiga qaratilgan uchta «Katyusha» raketasi Dajla daryosi yaqinidagi «Yashil hudud» yaqinida quladi», — dedi Iroq xavfsizlik kuchlari vakili AFP agentligiga bergan intervyusida.

O‘z navbatida, amerikalik harbiy mulozim nomini oshkor qilmaslik sharti bilan xalqaro aksilterror koalisiya qo‘shinlari joylashgan AQSh elchixonasi va Union III harbiy bazasi yaqinida sirenalar yangragani hamda «portlash tovushlari» eshitilganini aytdi. AQSh ISHID kuchayishining oldini olish uchun Iroqda 2500, Suriyada yana 900 askarni joylashtirgan.

Hozircha Bag‘doddagi Amerika diplomatik missiyasiga uyushtirilgan hujum uchun javobgarlikni hech kim o‘z zimmasiga olmadi. Bu - oktyabr boshida Isroil va Falastinning HAMAS harakati o‘rtasidagi urush boshlanganidan beri AQShning Iroq poytaxtidagi elchixonasiga birinchi marta hujum uyushtirilishi.

Kiritildi: 18:18 08.12.2023. O'qildi: 897 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!