Bugun 8 sentyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

AQShning Filadelfiya shahridagi «Vatan» o‘zbekistonliklar madaniyat markazi yangi binoda faoliyat yuritadi

AQShning Filadelfiya shahridagi «Vatan» o‘zbekistonliklar madaniyat markazi yangi binoda faoliyat yuritadi

AQShning Filadelfiya shahridagi «Vatan» o‘zbekistonliklar madaniyat markazi binosining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilmoqda «Dunyo» AA.

Marosimda O‘zbekistonning Nyu-York shahridagi Bosh konsulligi vakillari, AQShdagi o‘zbek diaspora tashkilotlari rahbarlari va faol yurtdoshlarimiz qatnashdi.

Markaz rahbari Shuhrat Qodirov tadbirdagi nutqida, endilikda doimiy manzilga ega bo‘lgan «Vatan» madaniyat markazida o‘zbek jamoatchiligi ishtirokida yurtimiz tarixi, xalqimiz an’ana va urf-odatlarini asrab-avaylash mavzularida muhim tadbirlar va ijodiy kechalarni o‘tkazish imkoniyatiga ega bo‘lganini ta’kidladi.

Qayd etilishicha, kelgusida mazkur maskan negizida vatandoshlarimiz farzandlari uchun o‘zbek tili va adabiyoti kurslari, yosh avlodni tarixiy Vatanimizga hurmat ruhida tarbiyalashga qaratilgan turli ma’rifiy to‘garaklarni ochish rejalashtirilgan.

«Vatan» madaniyat markazi binosining ochilishida ishtirok etganlar Amerikada yashashlariga qaramay, O‘zbekiston rahbariyatining boy tarixiy va madaniy merosimizni asrab-avaylash borasidagi sa’y-harakatlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashlarini alohida ta’kidladilar.

Kiritildi: 19:37 21.02.2024. O'qildi: 742 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!