Jorjiya shtatining Kamilla shahridagi parrandachilik zavodida yuz bergan portlash oqibatida bir ayol halok bo‘ldi, bir necha kishi jarohatlandi.
Bu haqda ABC News telekanali ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, portlashdan so‘ng yonib ketgan zavod hududida joylashgan yuk mashinasida bir ayol halok bo‘lgan. Qayd etilishicha, u korxona xodimi bo‘lmagan, portlash vaqtida zavod binosida bo‘lgan turmush o‘rtog‘i bilan birga bo‘lgan. Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, u jabrlanmagan.
Parrandachilar kasaba uyushmasi ma’lumotlariga ko‘ra, korxonada qozon portlagan va bir necha ishchi yonib ketgan, biroq hodisaning rasmiy sabablari haqida ma’lumot berilmagan.
Zavodga egalik qiluvchi Tyson Food kompaniyasi o‘z tekshiruvini o‘tkazmoqda.