Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

AQShdagi norozilik namoyishlarda 11 kishi halok bo‘lgan

AQShdagi norozilik namoyishlarda 11 kishi halok bo‘lgan

AQShda afro-amerikalik Jorj Floydning polisiya tomonidan qo‘lga olinganidan so‘ng vafot etishi munosabati bilan boshlangan norozilik namoyishlari oqibatida kamida 11 kishi halok bo‘ldi, deb xabar beradi Associated Press.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ular mamlakatning to‘qqizta shahridan bo‘lgan — Sent-Luis, Luisvill, Oklend, Indianapolis, Davenport, Minneapolis, Omaxa, Detroyt va Chikago. Shuningdek, o‘nlab odam jarohat olgan.

AP norozilik namoyishida halok bo‘lganlarga oid ma’lumotlar ochiq ekanligi va ular hayotligida nima ish bilan shug‘ullanganini ma’lum qildi. Xususan, Luisvilldagi otishmada barbekyu-restoran egasi Devid Makati halok bo‘lgan. U polisiya va Milliy gvardiya olomonni quvish uchun o‘t ochgan vaqtida halok bo‘lgan.

Denverda esa ikki kishi halok bo‘lgan. Ulardan biri 22 yoshli Italiya fuqarosi Kelli bo‘lib, norozilik namoyishi bo‘layotgan hududni tark etayotganida halok bo‘lgan. Shuningdek, alohida mojaro oqibatida bir erkak halok bo‘lgani aytilmoqda. Polisiyaning ta’kidlashicha, uning ham norozilik namoyishiga aloqasi bor.

Sent-Luisda esa polisiya xodimi marodyorlar tomonidan o‘tib o‘ldirilgan.

Eslatib o‘tamiz, Minneapolis shahri polisiyasi vakili 25 may kuni 46 yoshli afro-amerikalik Jorj Floydni qo‘lga olish chog‘ida uni tutib, yerga yotqizgan va tizzasi bilan bo‘ynini bosgan. Polisiyachi uni shu tariqa uzoq vaqt ushlab turishi Jorj Floydning o‘limiga sabab bo‘lgan. Holat aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgach, AQShning turli hududlarida norozilik namoyishlari boshlangan. AQShning 25 ta shahrida ommaviy noroziliklar sabab komendantlik soati e’lon qilindi.

Kiritildi: 14:27 03.06.2020. O'qildi: 2331 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!