30 maydan beri AQShda norozilik namoyishlari Rossiya va Xitoy bilan bog‘liq tvitter akkauntlarida 1,2 ming martadan ko‘proq qayd etilgan. Bu haqda Politico o‘z tadqiqotlariga tayanib yozgan.
Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, bunday harakatlarning maqsadi AQShda siyosiy ishonchsizlik muhitini kuchaytirish edi.
“Rossiya har doimgi ishini qilyapti. Ammo biz birinchi marta Xitoy Pekinning manfaatlariga bevosita ta’sir ko‘rsatmaydigan mojaroga chuqur aralashayotganini payqadik”, — dedi Marshall jamg‘armasining internet dezinformasiyasiga qarshi kurash bo‘yicha mutaxassis Bret Shafer.
Xususan, Xitoy Tashqi ishlar vaziri Xua Chunin Qo‘shma Shtatlardagi noroziliklarning shiori bo‘lgan "Men nafas ololmayman" degan yozuvni e’lon qildi.
Eslatib o‘tamiz, afro-amerikalik Jorj Floyd 25 may kuni Minneapolisda qo‘lga olingan. Polisiya xodimlaridan biri uning bo‘yniga tizzasi bilan bosgan, natijada Floyd reanimasiyada vafot etgan. Ushbu voqeadan keyin butun mamlakatda norozilik namoyishlari boshlandi.