AQShning Xyuston shahrida (Texas shtati) vertolyot qulashi oqibatida bir necha kishi halok bo‘ldi.
Bu haqda NBC telekanali ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, hodisa 20 oktyabr kuni kechqurun to‘rt kishi, jumladan, bola bo‘lgan shaxsiy vertolyot radio minorasi bilan to‘qnashib ketganida sodir bo‘lgan. Qayd etilishicha, samolyot qulagan joyda yong‘in chiqqan.
Mahalliy o‘t o‘chirish bo‘limi ma’lumotlariga ko‘ra, yong‘in o‘chirilgunga qadar uch blokni qamrab olgan. Yerda hech kim jabrlanmagan.
Voqea yuzasidan tergov boshlangan.