Los-Anjelesda bir necha ming kishi AQSh prezidenti Donaltd Tramp va uning ma’muriyati siyosatiga qarshi norozilik bildirish uchun yig‘ildi. Bu haqda "RIA Novosti" xabar bermoqda.
Namoyish muvofiqlashtirilgan "No Kings" aksiyasining bir qismi edi. Vashingtonda rejalashtirilgan harbiy parad va Amerika yetakchisining tug‘ilgan kunida mamlakat bo‘ylab aksiyalar bo‘lib o‘tmoqda.
10:35 (Toshkent vaqti bilan 22:35) holatiga ko‘ra, shahar meriyasi yaqinida minglab faollar ish tashlashmoqda. Agentlik muxbirining so‘zlariga ko‘ra, bugungi norozilik Los-Anjelesdagi dushanbadan beri eng yirik namoyish hisoblanadi.
Namoyish tinch, xavfsizlik kuchlari aralashishmayapti va olomonni tarqatib yubormayapti. Namoyishchilar hozircha hech qanday tajovuzkorlik ko‘rsatgani yo‘q.