Bugun 16 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

AQShda o‘rmon yong‘inlari tufayli 23 kishi halok bo‘ldi

A A A
AQShda o‘rmon yong‘inlari tufayli 23 kishi halok bo‘ldi

Amerika Qo‘shma Shtatlari g‘arbiy qismida o‘rmon yong‘inida halok bo‘lganlar soni 23 kishiga yetdi. Bu haqda payshanba kuni kechqurun USA Today xabar berdi.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, yong‘in AQSh g‘arbiy qismidagi 12 tadan ortiq shtatlarni qamrab olgan. Kaliforniyada 19 kishi, Oregonda uch kishi va Vashingtonda bir kishi halok bo‘ldi.

«Misli ko‘rilmagan yomon ob-havo Kaliforniya, Oregon, Vashington va boshqa shtatlarda o‘rmon yong‘inlarini keltirib chiqardi», - deydi Aydaxo milliy idoralararo o‘t o‘chirish markazi.

Oregon hukumati payshanba kuni yong‘in natijasida shtatning 500 mingdan ortiq aholisi evakuasiya qilinganligini ma’lum qildi. Milliy idoralararo yong‘in markazining ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakat g‘arbidagi yong‘in 3,4 million akr maydonni (1,375 million gektar) qamrab olgani haqida xabar bergan.

Kiritildi: 19:33 11.09.2020. O'qildi: 1894 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!