Bugun 24 noyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

AQShda umrbodga qamalgan milliarder vafot etdi

A A A
AQShda umrbodga qamalgan milliarder vafot etdi

Amerika Qo‘shma Shtatlarida o‘tgan sentyabr oyida do‘stini o‘ldirganlikda ayblanib, umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan milliarder Robert Durst Kaliforniyadagi kasalxonada 79 yoshida vafot etdi. Bu haqda 10 yanvar, dushanba kuni Reuters agentligi ma’lum qildi.

«Durst bugun erta tongda vafot etdi. Biz uning o‘limi bir qator tibbiy muammolar bilan bog‘liq tabiiy sabablarga ko‘ra sodir bo‘lganini tushunamiz, bu haqda biz so‘nggi ikki yil davomida sudda qayta-qayta xabar bergan edik», - dedi mahkumning advokati Chip Lyuis.

Ma’lumotlarga ko‘ra, milliarder yurak xuruji tufayli Stokton kasalxonasida vafot etgan, u yerda tekshiruv uchun qamoqdan olib ketilgan.

Kiritildi: 09:22 11.01.2022. O'qildi: 3967 marta. Fikrlar soni: 2 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik