Bugun 25 avgust, 2026 yil, seshanba

КИР

AQShda o‘limga olib keluvchi kasallik tarqalmoqda

AQShda o‘limga olib keluvchi kasallik tarqalmoqda


Qo‘shma Shtatlarda Cyclospora paraziti keltirib chiqargan siklosporoz kasalligi tarqalishi davrida ikki kishi vafot etdi. Bu haqda Michigan shtati Sog‘liqni saqlash departamenti ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, sog‘lig‘ida boshqa og‘ir muammolari bo‘lgan ikki nafar bemor vafot etgan. Shu tariqa, mamlakatdagi joriy epidemiya davomida ilk bor o‘lim holatlari rasman qayd etilgan.

AQSh Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazi ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilning 1 mayidan buyon mamlakatning 45 shtatida Cyclospora bilan bog‘liq tasdiqlangan yoki gumon qilingan kasallanish holatlari soni 18 mingdan oshgan. Bu AQSh tarixidagi eng yirik siklosporoz epidemiyasi hisoblanmoqda.

Mutaxassislarning aytishicha, Cyclospora ifloslangan oziq-ovqat va suv orqali yuqadi. Kasallikning eng ko‘p uchraydigan belgisi uzoq davom etadigan kuchli ich ketishidir. Ayniqsa, keksalar, immuniteti zaif shaxslar va surunkali kasalligi bor bemorlarda bu og‘ir asoratlarga olib kelishi mumkin.

Kiritildi: 21:30 04.08.2026. O'qildi: 1205 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!