AQShning Kaliforniya shtatida kichik samolyotning mebel fabrikasi tomiga qulashi oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi, 19 kishi jarohatlandi.
FlightAware havo harakatini kuzatuvchi veb-saytiga ko‘ra, samolyot Orinj okrugidagi aeroportdan ko‘tarilgan, biroq havoga ko‘tarilganidan ikki daqiqa o‘tib yaqin atrofdagi mebel fabrikasi tomiga qulagan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, zavodning 19 xodimi jarohatlangan, samolyot bortidagi 2 kishi halok bo‘lgan.
Sakkiz nafar jabrlanuvchiga voqea joyida tibbiy yordam ko‘rsatildi, yana 11 kishi shifoxonaga yetkazildi.
Aeroport rasmiysi Kris Vilyalobosning aytishicha, uchuvchi havo harakatini boshqarish xizmatiga favqulodda qo‘nishga qaytish niyatida ekanligini ma’lum qilgan, biroq samolyotning nosozlik sababi noma’lumligicha qolmoqda.
Vilyalobosning so‘zlariga ko‘ra, samolyot egasi ushbu aeroport xizmatlaridan tez-tez foydalangan.
Fullerton polisiyasi bayonotida aytilishicha, qurbonlarning shaxsi ularning yaqin qarindoshlari xabardor qilinganidan keyin aniqlanadi.