Bugun 28 aprel, 2024 yil, yakshanba

КИР

AQShda kuyov o‘z to‘yida ofisantkani zo‘rlashga harakat qildi

AQShda kuyov o‘z to‘yida ofisantkani zo‘rlashga harakat qildi

AQShda kuyov o‘z to‘yida ofisantkani zo‘rlashga harakat qilganligi uchun sud oldida javob berdi, deb yozadi The Philadelphia Inquirer gazetasi.

Bu voqea 2018 yil noyabrda Pensilvaniyaning Richboro shahridagi klubda sodir bo‘ldi.

Xabarda aytilishicha, to‘y egasi Metyu Eymers ushbu klubda ishlaydigan ofisantkaga tegajonlik qilishni boshlaydi. Maxsus xizmatlar uchun unga 100 dollar taklif qiladi. Rad javobini olgach, kuyov ayollar hojatxonasi yaqinida uni kutadi. Ofisantkaning ko‘rsatmalariga qaraganda, uni xonaga olib kirib, zo‘rlashga harakat qiladi.

Ayolning so‘zlariga ko‘ra, u qochib qutulishga muvaffaq bo‘ldi. Keyin esa kuyov to‘yda mushtlashuvni boshlaydi. Klub xodimning alkogol ichimliklarni tashqariga olib chiqmaslik haqida iltimos qilganligi uchun janjal qiladi.

Klub xodimi polisiyaga qo‘ng‘iroq qiladi. Polisiya voqea joyiga kelganda kuyov mehmonlar bilan mushtlashayotgan edi. Polisiya Eymersni qo‘lga oladi. Tergov jarayonida ofisantka tomonidan zo‘rlashga harakat qilish haqida shikoyat ariza yozildi. Amerikalik ustidan 17 yanvar kuni sud bo‘lib o‘tdi. Biroq u garov pulining 10 foizi 350 ming dollar to‘laganligi uchun hibsdan ozod etildi.

Keyingi sud majlisi 21 fevralda o‘tkaziladi.

Kiritildi: 15:50 16.02.2019. O'qildi: 3975 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!