Shu yilning 15-may kuni AQShning Florida shtati Orlando shahrida Imom al-Buxoriy nomidagi Islomiy Markaz o‘z faoliyatini boshladi.
Islomiy markaz o‘z navbatida masjid vazifasini bajarmoqda. Qiziqarli tomoni shundaki, markazda asli kelib chiqishi o‘zbekistonlik bo‘lgan imomlar faoliyat olib bormoqda. Markazda yozgi ta’til davomida yosh bolalar uchun diniy va ilmiy to‘garaklar tashkil qilingan.
Shuningdek, Orlandodagi markazda musulmonlarga quyidagi xizmatlarni ko‘rsatadi:
– kunlik 5 mahal namoz o‘qish uchun masjid;
– 500 dan ortiq musulmonlar uchun o‘zbek tilida Juma ma’ruzalari olib boriladi;
– Ramazon oyida saharlik va iftorlik dasturxonlari, shuningdek taroveh namozlari;
– Islomiy ta’lim: tajvid, tafsir, hadis, fiqh, siyrat va arab tili kurslari;
– Haj va Umra ziyoratlari;
– nikoh va dafn marosimlari.
Manba: azon.uz