Bugun 24 noyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

AQShda 12 qavatli bino quladi. Qurbon bor

A A A
AQShda 12 qavatli bino quladi. Qurbon bor

Amerikaning Florida shtati Serfsayd shahrida ko‘p qavatli binoning qisman qulashi natijasida bir kishi halok bo‘ldi. Vayronalar ostida odamlar qolib ketdi, deya xabar bermoqda zamon.

«Ayni paytda biz vayronalar ostida qolib ketgan odamlarning aniq sonini bilmaymiz. Manbalarimizga ko‘ra, ulardan biri vafot etgani tasdiqlandi», — deyiladi telekanalda.

12 qavatli binoning qulashi haqida shu vaqtgacha mutasaddilar tomonidan hech qanday izoh berilmagan. Hodisa sodir bo‘lgan joyda polisiya xodimlari va favqulodda vaziyatlar xizmati vakillari ishlamoqda. Hududda transport harakati qisman cheklangan, favqulodda vaziyat sabablari o‘rganilmoqda.

Kiritildi: 10:29 25.06.2021. O'qildi: 2557 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik