Qo‘shma Shtatlar boshqa mamlakatlarga neft va gaz yetkazib berishni cheklash rejasida emas.
Bu haqda AQSh energetika vaziri Kris Rayt ijtimoiy tarmoqlarda ma’lum qildi.
"AQSh ma’muriyati neft va gaz eksportiga cheklovlar qo‘yish rejasida emas", deb yozgan u va AQSh dunyodagi eng yirik neft va tabiiy gaz ishlab chiqaruvchisi ekanligini ta’kidlagan.
AQSh va Isroilning Eronga qarshi harbiy operasiyasi natijasida yuzaga kelgan energetika inqirozi yoqilg‘i eksportiga cheklovlar qo‘yilishi mumkinligi haqidagi mish-mishlarni kuchaytirdi.
AQShda motor yoqilg‘isining narxi keskin oshdi va ikki yarim yil ichidagi eng yuqori darajaga yetdi. AAA Avtomobil Assosiasiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, 18 mart kuni mamlakatda o‘rtacha narx bir gallon uchun 3,84 dollardan oshdi. 28 fevral kuni AQSh va Isroilning Eronga hujumlaridan oldin iste’molchilar taxminan 2,98 dollar to‘lashardi. Hozirgi narxlar 2023 yil sentyabridan beri eng yuqori ko‘rsatkichdir.