Bugun 30 yanvar, 2026 yil, juma

КИР

AQSh Yaqin Sharqqa qo‘shimcha harbiy kema yubordi

AQSh Yaqin Sharqqa qo‘shimcha harbiy kema yubordi

AQSh dengiz floti mintaqada sezilarli darajada harbiy kuch to‘planishi va keskinlikning kuchayishi fonida Yaqin Sharqqa qo‘shimcha harbiy kema yubordi.

Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda.

"USS Delbert D. Black esminesi mintaqaga kirdi. Bu Fors ko‘rfazidagi AQSh esmineslarining umumiy sonini oltitaga yetkazdi, shuningdek, bitta aviatashuvchi va uchta qirg‘oqbo‘yi jangovar kemasi", dedi manba.

28 yanvar kuni AQSh Davlat kotibi va milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Marko Rubio Vashington Eronga qarshi harbiy operasiya ehtimolini istisno qilmayotganini, bu AQSh tomonining fikricha, profilaktika chorasi bo‘lishi mumkinligini aytdi. Rubio AQSh Eron atrofidagi so‘nggi keskinliklarga javoban Yaqin Sharqdagi harbiy ishtirokini oshirishda davom etish niyatida ekanligini tasdiqladi.

Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp Eronga "ulkan armada" yo‘l olayotganini aytgan edi. U Tehron muzokaralar stoliga o‘tirib, "adolatli va teng huquqli" kelishuvga, jumladan, "yadroviy quroldan to‘liq voz kechish"ga erishishiga umid bildirdi. Amerika yetakchisi o‘tgan yilning iyun oyida AQSh Islom Respublikasidagi yadroviy inshootlarga zarba berganini va bu harakat "Yarim tunda bolg‘a operasiyasi" deb nomlanganini esladi. Tramp "keyingi hujum yanada battar bo‘lishini" e’lon qildi va "bunga yo‘l qo‘ymaslikka" chaqirdi.

Kiritildi: Bugun 08:15. O'qildi: 362 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!