Amerika Qo‘shma Shtatlari yaqin haftalarda Ukrainaga mamlakat mudofaa qobiliyatini mustahkamlash uchun harbiy yordamning yangi partiyasini yetkazib berishga va’da berdi. Bu haqda Davlat departamentining yuqori martabali vakili ma’lum qildi, deya xabar beradi «RIA Novosti».
2021 yilda Vashington Kiyevga 2014 yildan beri har qachongidan ham ko‘proq xavfsizlik tizimlari yetkazib berdi, dedi u. «Sizni ishontirib aytamanki, bu jo‘natmalar davom etmoqda va kelgusi haftalarda yana ko‘p narsalar rejalashtirilgan. Rossiya Ukrainaga bostirib kirishi bilan biz ukrainaliklarni qo‘shimcha mudofaa materiallari bilan ta’minlaymiz», — dedi Davlat departamenti vakili.
Avvalroq Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Ukrainaga boshqa davlatlardan qurol yetkazib berish rejalari o‘ta xavfli ekanligini va keskinlikni pasaytirishga yordam bermasligini aytgandi.
17 yanvar kuni Buyuk Britaniya mudofaa vaziri Ben Uolles London Kiyevni tankka qarshi yengil mudofaa qurollari bilan ta’minlashini ma’lum qildi.