Bugun 8 sentyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

AQSh Xitoyning yana 37 kompaniyasiga qarshi sanksiyalar kiritdi

AQSh Xitoyning yana 37 kompaniyasiga qarshi sanksiyalar kiritdi

AQSh Savdo vazirligi kvant va yadroviy energiya texnologiyalari, shuningdek, uchuvchisiz samolyotlar bilan shug‘ullanuvchi 37 Xitoy kompaniyasini eksport nazorati qoidalariga bo‘ysunadigan tashkilotlar ro‘yxatiga kiritdi.

Departament bayonotiga ko‘ra, ushbu tuzilmalarga AQShning milliy xavfsizligi va tashqi siyosati manfaatlariga zid bo‘lgan faoliyati munosabati bilan cheklovlar qo‘llanilgan.

Qayd etilganidek, ro‘yxatdagi 22 kompaniya Pekinning kvant tadqiqotlarini ilgari surish harakatlari yoki kvant hisoblashlari uchun Amerika texnologiyalarini qo‘lga kiritishga urinishlari bilan bevosita bog‘liq.

AQSh Savdo vazirligi ushbu kompaniyalarning ba’zilari Xitoyning yadroviy dasturlarini amalga oshirish bilan ham bog‘liqligini ta’kidladi va «Rossiya Ukrainaga bostirib kirgandan so‘ng, ular nazorat ostida bo‘lgan bir qator materiallarni bu mamlakatga o‘tkazdi».

Ro‘yxatga yana 11 ta kompaniya kiritildi, chunki ular AQSh havo hududidan topilgan Xitoy havo sharlarini ishlab chiqarish bilan shug‘ullangan.

Qolgan to‘rtta kompaniya harbiy uchuvchisiz samolyot tizimlarida foydalanish uchun AQSh kvant texnologiyasini olishga harakat qilgan.

Kiritildi: 02:15 14.05.2024. O'qildi: 946 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!