Bugun 26 noyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

AQSh Xitoyga qarshi kurashmoqchi emas

A A A
AQSh Xitoyga qarshi kurashmoqchi emas

AQSh Davlat kotibi Entoni Blinkenning aytishicha, Vashington Pekin bilan munosabatlarni barqarorlashtirish ustida ishlamoqda va har qanday mojarodan qochishni xohlaydi.

“Biz munosabatlarga biroz barqarorlik olib kelish, raqobat mojaroga aylanib qolmasligi uchun zamin yaratish ustida ishlayapmiz”, dedi Blinken CNN telekanaliga.

Uning qo‘shimcha qilishicha, AQSh Xitoy bilan “aloqa kanallarini” mustahkamlashga intilmoqda. Uning so‘zlariga ko‘ra, Pekin bilan ziddiyat “bizning ham, ularning ham, boshqalarning ham manfaatlariga mos kelmaydi”.

Blinken iyun oyida Xitoyga tashrif buyurganini esladi. "Men xitoylik hamkasblarimizga shuni tushuntirdimki, ular bizga yoqmaydigan narsalarni qilishda va aytishda davom etar ekan, biz Xitoyga yoqmaydigan narsalarni qilishda va aytishda davom etamiz", - dedi AQSh Davlat kotibi.

Kiritildi: 13:38 24.07.2023. O'qildi: 1812 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik