AQSh Xitoyga II bilan bog‘liq xavfli hodisalar haqida ma’lumot almashishni taklif qildi.
AQSh Xitoyga sun’iy intellekt bilan bog‘liq, milliy xavfsizlikka ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan hodisalar haqida bir-birini xabardor qilish mexanizmini yaratishni taklif qildi. Bu haqda Reuters xabar berdi.
Tashabbus AQSh moliya vaziri Skott Bessent va Xitoy Davlat kengashi bosh vazirining o‘rinbosari Xe Lifenning Nyu-Yorkdagi muzokaralarida muhokama qilingan.
Vashington, shuningdek, sun’iy intellekt masalalari, umumiy manfaatlar va texnologiya bilan bog‘liq xavflar bo‘yicha AQSH–Xitoy alohida muloqotini yo‘lga qo‘yishni taklif qilgan.
Bessent ikki davlat II sohasida shaffoflikni oshirishi kerakligini aytdi. Uning ta’kidlashicha, taklif etilayotgan mexanizm transchegaraviy oqibatlarga ega yoki milliy xavfsizlikka tahdid solishi mumkin bo‘lgan II hodisalarida ishlashi mumkin.
Pekinning ushbu taklifga munosabati hozircha ma’lum emas.
Masala 24 sentyabr kuni Donald Tramp va Si Szinpin uchrashuvida muhokama qilinishi mumkin. Kutilishicha, sun’iy intellekt savdo, Tayvan va Eron masalalari qatorida sammitning asosiy mavzularidan biri bo‘ladi.