Bugun 2 may, 2024 yil, payshanba

КИР

AQSH: Xitoydan g‘alati jo‘natmalar keldi

AQSH: Xitoydan g‘alati jo‘natmalar keldi

AQSh qishloq xo‘jaligi vazirligi mamlakatda Xitoydan kelgan va ichida sirli urug‘lar bo‘lgan pochta jo‘natmalari hayot uchun xavfli emasligini bildirdi. Shuningdek, vazirlik odamlarga iloji boricha jo‘natmalarni ochmaslik, ularga hech nima qilmaslikni tavsiya etgan. Bu haqda Daryo xabar qildi.

Avval AQSH, Kanada va Buyuk Britaniyada yuzlab odamlarga sirli pochta jo‘natmalari yetkazib berilgan. Xitoydan hech narsa buyurtma qilmagan kishilarga ushbu davlatdan jo‘natma yuborilgandi. Qutining ustiga ichkarida taqinchoqlar borligi yozilgan, ammo ochib ko‘rilganidan posilka ichida urug‘lar borligi ma’lum bo‘lgan.

Dastlab AQShdagi bir nechta shtatlardagi boshqaruv tizimi vakillari ushbu urug‘lar yerga ekilsa, zararli o‘simliklar unib chiqishi mumkinligini taxmin qildi. Nyu-York qishloq xo‘jaligi boshqarmasi fuqarolardan ushbu urug‘larga umuman tegmaslik, bolalar va uy hayvonlarini ulardan uzoqda tutishni so‘ragan.

Biroq Qishloq xo‘jaligi vazirligi amerikaliklarga yalpiz, rozmarin va lavanda urug‘lari yuborilgan degan xulosaga keldi. Idora rasmiy vakili Osama Al-Lissining so‘zlariga ko‘ra, urug‘lar orasida inson hayotiga xavf soladigan o‘simliklarniki emasligini aytgan.

Al-Lissining fikricha, gap xavfli hujum haqida emas, balki Xitoy internet-do‘konlarining ayrimlaridagi firibgarlik holatlari haqida ketmoqda. Ular o‘z reytingini ko‘tarish uchun yollanma xaridordan buyurtma qabul qiladi va mahsulotni Xitoydan boshqa xorijiy mamlakat hududiga yetkazib berishni buyurtma qiladi. Sotuvchi esa ushbu manzilga umuman keraksiz narsani yuboradi, jo‘natmaning qayerga ketayotgani esa pochta xizmati tomonidan kuzatiladi. Jo‘natma so‘nggi manzilga yerkazilganida, yollanma xaridor (trek-kod orqali jo‘natmani onlayn kuzatadi) mahsulotni olgani va xizmatdan foydalangani foyda keltirgani haqida ijobiy fikr yozadi.

Xitoy pochta xizmati bu borada AQSh hukumati bilan hamkorlik qilishga tayyor ekanini bildirgan va jo‘natuvchi kompaniyalar haqida ma’lumotga ega bo‘lish uchun posilkalarni ortga qaytarishni so‘ragan.

Avval AQSh prezidenti Donald Tramp mamlakatda 2020 yil noyabrda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan prezidentlik saylovlarini boshqa muddatga ko‘chirishni taklif qilgani va Twitter’dagi sahifasida pochta orqali berilgan ovozlar eng noaniq va tarixdagi eng hiylakor bo‘ladi, deb hisoblashi haqida post qoldirgani xabar qilingan. Keyinchalik Tramp AQShda prezidentlik saylovlari sanasini ko‘chirish borasidagi pozisiyasini o‘zgartirgan va Oq uydagi chiqishi vaqtida noyabr oyida o‘tkaziladigan prezidentlik saylovlarini ko‘chirishni istamasligini ma’lum qilgan.

Kiritildi: 08:51 03.08.2020. O'qildi: 3947 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!