Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

AQSh Xitoyda musulmonlarni qiynoqqa solganlarga qarshi kurash boshladi

AQSh Xitoyda musulmonlarni qiynoqqa solganlarga qarshi kurash boshladi

Amerika Xitoyning 33 kompaniyasi va hukumat tashkilotlariga sanksiya qo‘llay boshladi. AQSh Savdo vazirligi veb-saytida e’lon qilingan xabarga ko‘ra, uyg‘urlarni ta’qib qilish va ommaviy qirg‘in qurollari ustida ishlash faoliyatiga cheklovlar joriy qilingan.

Cheklovlar XXR jamoat xavfsizligi vazirligining sud-tibbiyot institutiga, shuningdek, sakkizta xitoylik yuridik shaxslarga kiritildi. Vashingtonning fikriga ko‘ra, ularning barchasi Shinjon-Uyg‘ur muxtoriyatidagi inson huquqlari buzilishlari, qatag‘onlar, ommaviy noqonuniy hibsga olishlar, majburiy mehnat va uyg‘urlar, etnik qozoqlar va boshqa ozchilik musulmonlarning qiynalishida aybdor.

O‘tgan yili xuddi shu ayblovlar bilan 28 ta Xitoy shirkati AQShning sanksiyalar ro‘yxatiga kiritilgan.

 

Kiritildi: 14:58 23.05.2020. O'qildi: 5182 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!