Bugun 12 dekabr, 2024 yil, payshanba

КИР

AQSh Xitoy kompaniyasi haqidagi ma’lumot uchun 10 mln dollar mukofot e’lon qildi

AQSh Xitoy kompaniyasi haqidagi ma’lumot uchun 10 mln dollar mukofot e’lon qildi

AQSh Moliya vazirligi Xitoyning Sichuan provinsiyasida joylashgan "Sichuan Ushen Axborot Texnologiyalari” kompaniyasi va uning xodimi Guan Tyanfenga nisbatan sanksiya qo‘ydi, deb xabar beradi LHZB axborot agentligi.

Vazirlik kompaniyani 2020 yil aprel oyida dunyo bo‘ylab 80 mingdan ortiq brandmauerga zararli dasturlarni o‘rnatishda aybladi. Zararli dastur nafaqat ma’lumotlarni o‘g‘irlaydi, balki shifrlash orqali korporativ tarmoqlarni o‘chiradigan virusni kiritgan.

AQSh ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu hujum 23 mingdan ortiq brandmauerga ta’sir ko‘rsatdi, jumladan, 36 tasi muhim infratuzilma ob’ektlarini himoya qilish uchun ishlatiladi. Bayonotda, hujum nazorat qilinmasa, "jiddiy jarohatlar va o‘limlarga" olib kelishi mumkinligi qayd etilgan.

Shu munosabat bilan AQSh Adliya vazirligi 10 dekabrda Guan Tyanfenni kompyuter va elektron firibgarlikda aybladi. Shuningdek, o‘zining, kompaniyasi yoki xakerlik faoliyati haqidagi ma’lumot uchun 10 million dollar mukofot e’lon qildi.

Ayblov hujjatga muvofiq, ular Britaniyaning Sophos kompaniyasining brandmauerdagi zaifliklardan foydalangan. Bundan tashqari, ular xakerlik orqali olingan ma’lumotlarni Xitoy davlat muassasalari va tashkilotlariga sotishda ayblanyapti.

Pekin, o‘z navbatida, xakerlik va boshqa kiberhujumlarga aloqadorligini rad etib keladi.

Kiritildi: Bugun 16:22. O'qildi: 509 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!