CBS News telekanalida AQSh vise-prezidentligiga nomzodlar o‘rtasidagi debat nihoyasiga yetdi
Munozara Yaqin Sharqdagi vaziyat va Eronning Isroilga hujumlari haqidagi savol bilan boshlandi.
Nomzodlarga "agar Oq uyda bo‘lsangiz, Isroilning Eronga qarshi hujumini qo‘llab-quvvatlashga tayyormisiz?", degan savol berildi.
Hech bir nomzod savolga to‘g‘ridan-to‘g‘ri javob bermadi.
Demokrat Tim Uolz Qo‘shma Shtatlar Yaqin Sharqdagi mavjudligini saqlab qolishi va Isroilni qo‘llab-quvvatlashda davom etishi kerakligini aytdi, so‘ngra Donald Trampning prezidentlik davridagi tashqi siyosatini tanqid qilishga o‘tdi.
Respublikachi vakil J.D.Vens Tramp prezidentligi vaqtida "samarali oldini olish" orqali dunyo barqarorligini saqlab qolganini aytdi. U, shuningdek, AQSh ittifoqchilarni "yomon odamlarga qarshi kurashayotganda" qo‘llab-quvvatlashi kerakligini aytdi.