Bugun 31 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

AQSh vise-prezidenti Vens Maskni o‘z partiyasini tuzish fikridan qaytardi

AQSh vise-prezidenti Vens Maskni o‘z partiyasini tuzish fikridan qaytardi

AQSh vise-prezidenti Vens Maskni o‘z partiyasini tuzish fikridan qaytardi. Bu haqda The Washington Post xabar berdi.

"Ilon Mask o‘z partiyasini tuzish masalasiga jiddiy yondashgan. Vise-prezident Jey Di Vens va uning atrofidagilar yangi partiya tuzilishi 2026 yilgi oraliq saylovlarda hamda keyingi yillarda Respublikachilarga zarar yetkazishidan xavotir bildirgan. Jey Di Vens Ilon Maskning ittifoqchilarini unga bosim o‘tkazib, ushbu g‘oyadan voz kechishga undashga chaqirgan", deya xabar bermoqda nashr manbalariga tayanib.

Keyinchalik Jey Di Vens Ilon Maskka yaqin bo‘lgan Jared Ayzekman nomzodini NASA rahbari lavozimiga tayinlash uchun harakat qilgan. Ayzekman dekabr oyida kosmik agentlik rahbari etib tayinlangan.

Vensning bir necha oy davom etgan harakatlari o‘z samarasini bergan. Yangi partiya tuzishdan voz kechgan Mask noyabr oyida Oq uyda Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon sharafiga uyushtirilgan kechki ovqatda ishtirok etgan. Shuningdek, konservator Charli Kirkning o‘ldirilishi Maskni oraliq saylovlarda Respublikachilar partiyasining kampaniyasini qo‘llab-quvvatlashga undagan.

Kiritildi: 22:49 30.12.2025. O'qildi: 194 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!